Turkiya o‘zining ilk orbital transport kemasini uchirdi
Texnologiya
−
03 dekabr 2003 2 daqiqa
Turkiyaning birinchi, to‘liq mahalliy resurslar hisobiga “Fergani Uzay Teknolojileri” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan orbital transport kemasi YTA FGN-TUG-S01 fazoga uchirilib, o‘z missiyasini boshladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya raisi va texnik rahbari Selchuk Bayroqdor tomonidan asos solingan “Fergani Uzay Teknolojileri” kompaniyasi o‘zining FGN-TUG-S01 orbital transport vositasini 2025 yil 28 noyabr kuni AQSHning Vandenberg havo bazasidan SpaceX Falcon 9 raketasi yordamida muvaffaqiyatli orbitaga uchirgan. FGN-TUG-S01 Turkiya vaqti bilan soat 23:05 da raketadan ajralib, darhol o‘zining birinchi telemetriya ma’lumotlarini uzatib, rasman missiyani boshlagan.
Ma’lumot uchun, FGN-TUG-S01 Turkiyaning birinchi orbital shatakchisi bo‘lib, u o‘zining gibrid raketa dvigatelini bevosita orbitada ishga tushiradigan birinchi transport vositasi hisoblanadi.
Ushbu xavfsiz va samarali gibrid harakatlantiruvchi tizim tufayli kema sun’iy yo‘ldoshlarni turli orbitalarga ko‘chirish va ularning xizmat muddatini uzaytirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Dastlab pastki orbitada (taxminan 500 kilometr) ishlaydigan bu vosita, kelajakda kompaniya sun’iy yo‘ldoshlarini 1000 kilometrdan ortiq yuqori orbitalarga ko‘tarish uchun foydalaniladi.
Turkiyaning ilk orbital transport kemasining bort kompyuteri, avionikasi, quvvat taqsimlash bloklari va termal nazorat kabi muhim tizimlari to‘liq “Fergani Uzay” muhandislari tomonidan mamlakatda ishlab chiqilgan. Mazkur muvaffaqiyatli uchirish bilan mamlakat gibrid dvigatelni orbitada sinovdan o‘tkazgan birinchi davlat bo‘lmoqda.
“Bu missiya Ulug‘bey milliy global navigatsiya tizimi uchun muhim infratuzilma bazasini yaratadi va kelajakdagi sun’iy yo‘ldosh turkumlarimizni yaratishga yo‘l ochadi. Besh yil ichida 100 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshni orbitaga joylashtirishni maqsad qilganmiz”, deydi loyiha rahbari Selchuk Bayroqdor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi