O‘shda “zamhokim” va boshqa mansabdorlar hibsga olindi
Olam
−
21 iyul 11869 1 daqiqa
O‘sh shahrining markaziy maydonini ta’mirlash-tiklash ishlariga ajratilgan katta miqdordagi mablag‘larni maqsadsiz ishlatish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, O‘sh shahar hokimligi, Kapital qurilish boshqarmasi, Jamoatchilikni rivojlantirish va investitsiyalar agentligi mas’ul xodimlari, shuningdek, ikkita qurilish kompaniyasi vakillari bajarilgan ishlar hajmini sezilarli darajada ko‘tarib, qurilish materiallari narxini sun’iy oshirib, tender savdolarini o‘tkazgan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, davlatga 25 million 690 ming 143 som zarar yetkazilgan.
Politsiya tomonidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 336-moddasi (korrupsiya) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Pervomay tuman sudining qarori bilan O‘sh shahrining sobiq hokim o‘rinbosari Mars Isayev, muhandis-konsultanti E.E., arxitektura-qurilish nazorati davlat inspektori T.T., Arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va boshqalar hibsga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mars Isayev 2021 yil 6 sentyabrda O‘sh shahri hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, bu lavozimda 2025 yil 12 fevralgacha ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning So‘quluq tumanida yirik korrupsiyaviy sxema fosh etilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr