O‘zbekiston Gretsiyaga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
22 noyabr 1325 1 daqiqa
Gretsiyaning Afina shahrida O‘zbekistonning Gretsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev Gretsiya davlat rahbari Konstantinos Tasulasga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, marosim chog‘ida Gretsiya Respublikasi Prezidenti yangi elchilarni samimiy tabriklab, ularga faoliyatida muvaffaqiyat tilagan. Shuningdek, elchilarning ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishiga umid bildirgan.
Bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida Konstantinos Tasulas dunyoda geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda, O‘zbekiston rahbariyatining muvozanatli diplomatiyasi mintaqaviy barqarorlik va xalqaro ishonchni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidlagan.
Gretsiya yetakchisi O‘zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etgan. Mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Turkiyaga yangi elchi tayinlangandi.