O‘zbekiston Xitoyga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi
Sport
−
17 yanvar 5125 1 daqiqa
Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi chorak final doirasida Xitoyga qarshi maydonga chiqdi. Unda Ravshan Haydarov shogirdlari raqiblariga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida O‘zbekiston terma jamoasi bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida va qo‘shimcha bo‘limlarda ham tomonlar o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadi va g‘olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Futbol lotereyasida O‘zbekiston 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida Yaponiya olimpiyada terma jamoasi Avstraliya – Janubiy Koreya uchrashuvi g‘olib bilan bahs olib boradi.
Live
Barchasi