O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi vafot etdi

Sport

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi va murabbiy, futbol faxriysi, milliy terma jamoaning sobiq futbolchisi Abdusamad Do‘rmonov 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda o‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Abdusamad Do‘rmonov 1965 yil Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Surxon”, “Lokomotiv”, “Paxtakor” va “Neftchi” klublarida to‘p surgan.

U 1992−1994 yillarda O‘zbekiston milliy jamoasiga chaqirilgan, 1994 yil Yaponiyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan. 2002 yilda esa faoliyatini yakunlagan.

Do‘rmonov shundan so‘ng “Neftchi”, “Yozyovon lochinlari” va “Istiqlol” kabi klublarda murabbiy sifatida ishlagan. 2015 yilning dekabr oyidan buyon “Neftchi”da murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Arsenal” va “Yuventus” klublarining sobiq posboni, taniqli darvozabon Aleksandr Manninger 48 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor terma jamoa Abdusamad Do'rmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing