O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tarixiy hujjat imzolandi

Jamiyat

image
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi EPCA'ni imzolaydi. Bu nimani anglatadi? north_east

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi EPCA'ni imzolaydi. Bu nimani anglatadi?

Bugun, 24 oktyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, hujjat 1996 yilgi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga asoslangan O‘zbekiston – Yevropa hamkorligining huquqiy bazasini yangilaydi hamda sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar 2019 yil fevral oyida boshlanib, 2022 yil iyul oyida yakunlangan. Hujjat 2022 yil 6 iyul kuni Bryussel shahrida parafirlangan edi.

Bitim 9 ta bo‘lim, 356 ta modda va 14 ta ilovadan iborat. U ikki tomonlama munosabatlarning deyarli barcha sohalarini qamrab oladi hamda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiyalar, barqaror rivojlanish, fan va ta’lim, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga alohida e’tibor qaratgan holda, barcha o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish uchun keng qamrovli huquqiy asosni shakllantiradi.

Bitimning imzolanishi O‘zbekiston va YeI munosabatlarida yangi bosqichni boshlab beradi hamda ko‘p qirrali sheriklikni misli ko‘rilmagan yuksak darajaga olib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga borgandi. Unga rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva hamrohlik qildi. Belgiya poytaxtining xalqaro ayeroportida davlat rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing