O‘zbekiston Venesuelani penaltilar cyeriyasida mag‘lub etdi
Sport
−
30 mart 6776 1 daqiqa
Bugun, 30 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnir doirasida Venesuelaga qarshi bahs olib bordi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi penaltilardan urilgan gol hisobiga g‘alaba qozondi.
Dastlab uchrashuvda ikki tomon darvozasiga ham gol kiritilmadi va FIFA Series reglamentiga muvofiq, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Dastlab, Venesuela 5 tadan 4 ta penalti zarbasini golga aylantira oldi. O‘zbekiston esa 5 ta penaltini ham xatosiz tepdi va o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Toshkent mezbonligidagi ushbu turnir FIFA tasarrufida tashkil etilmoqda. Shuningdek kun doirasida Gabon va Trinidad Tobago qarama-qarshiligi ham bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 27 mart kuni o‘tkazilgan Gabonga qarshi bahsda Eldor Shomurodov, Jahongir O‘rozov va Alisher Odilovning gollari evaziga 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Live
Barchasi