O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunladi
Sport
−
10 aprel 6314 1 daqiqa
Bugun, 10 aprel kuni Mongoliya poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bugungi final bellashuvlarda ringga ko‘tarilgan -65 kg vaznda Abdulloh Madaminov, -80 kg vaznda Fazliddin Erkinboyev va -90 kg vaznda Halimjon Mamasoliyev raqiblaridan ustun kelib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadagi ilk oltin medallarni keltirgan bo‘lsa, - 85 kg vaznda Jasurbek Yo‘ldoshev va 75 kg vaznda Javohir Abdurahimov kumush medallarga ega chiqqan. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani umumiy 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Terma jamoaning Osiyo chempionatidagi g‘olib va sovrindorlari:
- Oltin medal: -65 kg – Abdulloh Madaminov, -80 kg – Fazliddin Erkinboyev, -90 kg – Halimjon Mamasoliyev;
- Kumush medal: -75 kg – Javohir Abdurahimov, -85 kg – Jasurbek Yo‘ldoshev, -75 kg – Aziza Zokirova, -80 kg – Ruxshona Parpiyeva;
- Bronza medal: -60 kg – Abdurahmon Mahmudjonov, -57 kg – Nigina O‘ktamova, -70 kg – Oysha Toirova, +80 kg – Oltinoy Sotimboyeva.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritgan Nigina O‘ktamova yarim final o‘yinlaridagi hakamlikdan noroziligini bildirgandi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi