O‘zbekiston va AQSH qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi

Jamiyat

image

Joriy yilda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qo‘shma investitsiya platformasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ayni kunlarda AQSHda bo‘lib turgan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha, 7 aprel kuni Vashingtonda AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Ushbu uchrashuvda yirik loyihalar portfeli asosiy muhokama mavzusi bo‘lgan. Xususan, DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashishi hamda investitsiyaviy xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga olishi keshilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, DFC (Development Finance Institution) AQSH hukumatiga qarashli moliyaviy institut bo‘lib, rivojlanayotgan davlatlarda investitsiya va iqtisodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. DFC O‘zbekistondagi turli loyihalarni, xususan, qayta tiklanuvchi energiya (quyosh va shamol stansiyalari) va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun kreditlar ajratib keladi.

Qayd etish joiz, joriy yilning 6 aprel kuni AQSHning Vashington shahrida Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Bundan ko‘zlangan maqsad – qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratish. Unda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor hamda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi maslahatchi-elchisi – Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov ishtirok etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashgandi. Suhbat davomida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi muhokama qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Saida Mirziyoeva DFC qo'shma investitsiya platformasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing