O‘zbekiston yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shildi
Jamiyat
−
26 Sentabr 3216 2 daqiqa
Endi O‘zbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishi ta’minlanadi. Bu haqda bugun, 26 sentyabr kuni “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963 yil 21 may) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi.
Xalqaro konvensiyaga qo‘shilish natijasida fuqarolik yadro ob’ektlarida sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar O‘zbekiston uchun ham tatbiq etiladi. Yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishini ta’minlaydi.
Vena konvensiyasiga qo‘shilish zararni qoplashning xalqaro miqyosda tan olingan huquqiy mexanizmlarini ta’minlab, jabrlanuvchilarni himoya qilishni kuchaytiradi, yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilaydi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratadi. Bu esa milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshiradi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi va yadroviy javobgarlik sohasidagi zamonaviy standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi.
Konvensiyaga qo‘shilish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- fuqarolik yadro ob’ektlarida sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilash;
- yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratish;
- milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yadro xavfsizligi sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash.
Konvensiya yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yuzaga kelgan yadroviy zarar uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadroviy zarardan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilaydi.
Ushbu qonun Konunchilik palatasi tomonidan joriy yil 27 mayda kabul kilingan va Senat tomonidan 26 iyunda ma’kullangan.