O‘zbekiston JCH qur’asida qaysi savatchada bo‘lishi aniq bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 5 dekabr kuni Jahon chempionati-2026 musobaqasi uchun qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 3-savatchadan joy oladigan bo‘ldi. Bu haqda “Football Meets Data” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga 3-savatchadan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga ulgurgan Jazoir, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Qatar terma jamoalari joy oladi. Qolgan jamoalar hali ham 2-savatga ko‘tarilishi yoki 4-savatga tushib ketishi ehtimoliga ega.

Shuningdek, 3 ta mezbon jamoalardan tashqari Argentina, Angliya va Braziliya terma jamollari 1-savatchadan joy egallashlari aniq bo‘lib ulgurgan. Urugvay, Yaponiya, Eron va Senegal terma jamoalari 2-savatchadan, Gana va Yangi Zelandiya terma jamoalari 4-savatchadan joy egallaydi. Qolgan terma jamoalar esa noyabr oyidagi yangilangan FIFA reytingi asosida qaysi savatchadan joy olishi ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda futbol bo‘yicha 2026 yilgi AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati ishtirokchilari soni 28 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mundialga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni Vashingtondagi Kennedi markazida o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati mtj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing