O‘zbekistonda 17:00 dan 21:00 gacha “svet” o‘chiriladimi?

Jamiyat

image

Bugun, 10 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bo‘ylab ko‘plab joylarda soat 17:00 dan 21:00 gacha svet o‘chirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu xabarlar mutlaqo noto‘g‘ri mazmunda bo‘lib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan odamlarni o‘ziga jalb qilish maqsadida shu tartibda yozilgan. Zaruriyat tug‘ilganda ayrim hududlarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilishi mumkinligi haqida rasmiy xabar beriladi.

“Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tasdiqlanmagan va noto‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatidagi 1500 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasida nosozlik kuzatilgani tufayli ayrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Xususan, hozirgi kunda havo bulutli (kam quyoshli) bo‘layotgani va kunlar qisqaligi hisobidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish kamaygan. Shu sababli, ishlab chiqarish va iste’mol balansini tartibga solish, ularning muvozanatini saqlash maqsadida ayrim hududlarning elektr ta’minotida asosan iste’mol ortgan pallalarda (17:00-21:00 lar oralig‘ida) qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

elektr svet tok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing