O‘zbekistonda 35 ta uyushgan narkojinoiy guruh aniqlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 1-choragi davomida O‘zbekistonda narkotiklarni o‘tkazish (tarqatish) bilan shug‘ullanuvchi 35 ta uyushgan narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirlar davomida xuquq-tartibot organlari tomonidan 8 nafar guruh yetakchilari va 130 nafar a’zolari qo‘lga olingan.

Xabarga ko‘ra, birinchi chorakda uyushgan narkoguruhlarni va yashirin narkolaboratoriyalarni fosh etish uch baravarga ko‘paygan.

Ushlangan guruhlar o‘rtacha 6 oydan 5 yilgacha vaqt oralig‘ida jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan va respublikaning 70 ta shahar va tumanlari aholisi orasida narkotik moddalarini tarqatib kelgan.

Aniqlanishicha, 10 ta yashirin narkolaboratoriya fosh yetilgan. 

Ma’lumot uchun, 2025-yilda yil davomida jami 14 ta narkolaboratoriya aniqlangan edi.

Fosh etilgan uyushgan narkojinoiy guruhlar va yashirin narkolaboratoriyalardan: 227 kg an’anaviy narkotiklar, 50 kg sintetik narkotiklar, 234 ming dona (700 ming doza) psixotrop dori vositalari, narkotiklarni tayyorlashga mo‘ljallangan 3 tonnadan ortiq prekursorlar olib qo‘yilgan.

Mazkur guruhlar va narkolaboratoriyalar faoliyatiga chek qo‘yilishi natijasida, O‘zbekistonda bir yil davomida o‘rtacha 1,5 mln dona psixotrop dori vositalari, 2,5 tonna “gashish”va “opiy” kabi narkotik moddalar, 450 kg (2,2 mln doza) sintetik narkotik moddalarning olib kirilishi va tarqalishining oldi olingan.

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari bilan hamkorlikda 6 marotaba xalqaro darajadagi tezkor tadbirlar amalga oshirilgan.

Tegishli organlar tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda narkotiklar hajmi kamayishi hamda ularni o‘tkazish qiyin bo‘layotganligi sababli, ularning “qora bozordagi” bir gramm uchun chakana narxlari oxirgi 8 oy ichida o‘rtacha 1,3 barobarga qimmatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-fevral oylarida narkotiklarni o‘tkazish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi 22 ta uyushgan narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan edi.

Shahzoda Shukurullayeva

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Bojxona narkojinoiy guruh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing