Shomurodov eng yaxshi 10 ta futbolchidan biri bo‘ldi
Sport
−
12:24 1487 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov TOP-5 chempionatida o‘ynamayotgan eng yaxshi 10 futbolchi qatoriga kirdi. Bu haqda “Sofascore” portali xabar berdi.
Eldor Shomurodov joriy mavsum avvalida “Istanbul Bashakshehir” jamoasi safiga kelib qo‘shilgan edi. Dastlabki mavsumdayoq, Eldor 22 ta gol urib Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Shuningdek, Eldor penaltisiz urilgan gollar va “gol+pas” ko‘rsatkichi bo‘yicha ham ligada eng yaxshi natijani qayd etdi. Eldor “Trabzonspor” futbolchisi Pol Onuachu bilan bir xil — 22 tadan gol urgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha statistikalar bo‘yicha to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Istanbul Bashakshehir” mavsumni 5-o‘rinda yakunladi. Jamoa keyingi mavsum Yevrokuboklarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Live
Barchasi