O‘zbekistondagi Isroil fuqarolari ogohlantirildi
Jamiyat
−
03 mart 9030 1 daqiqa
Eron bilan bog‘liq keskinlashgan vaziyat hamda havo hududlari yopilgani bois O‘zbekiston va Tojikistondagi Isroil fuqarolariga ushbu mamlakatlarda yashash muddatini uzaytirishga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi tavsiya qilindi. Bu haqda Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Tojikistonda bo‘lib turgan Isroil fuqarolaridan qaysi davlatda ekanini elchixonaga ma’lum qilish so‘ralgan.
Xabar berish uchun elektron pochta manzili: dcmtashkent@gmail.com
Shuningdek, quyidagi favqulodda aloqa raqamlariga murojaat qilish mumkin:
+998 93 172 58 00
+998 90 054 81 39
Shuningdek, Isroil fuqarolariga yashash joyini ta’minlash, vizaning amal qilish muddatini tekshirish, tibbiy sug‘urta mavjudligini aniqlashtirish zarurligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil milliy xavfsizlik kengashi xorijdagi barcha fuqarolarini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgandi. Xususan, ulardan jamoat joylarida yahudiy yoki Isroil ramzlarini ko‘rsatmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda qayerda yashayotgani yoki qayerga sayohat qilmoqchiligi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirmaslik, Isroil yoki yahudiylik bilan bog‘liq ommaviy tadbirlardan qochish, mahalliy xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlik qilish va xavf tug‘ilganda darhol ularning ko‘rsatmalariga amal qilish, jamoat joylarida hushyor bo‘lishni tavsiya qilgan.
Live
Barchasi