O‘zbekistonga eng ko‘p kim pul tikyapti? 

Jamiyat

image

2024 yilda O‘zbekistonda jami 27,7 mlrd AQSH dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoyning jami asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar hajmidagi ulushi 28,7 foizga yetgan.

2024 yilda o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega davlatlar:

  • Xitoy – 28,7 foiz;
  • Rossiya – 12,7 foiz;
  • Turkiya – 7 foiz;
  • Germaniya – 5,1 foiz;
  • Saudiya Arabistoni – 4,8 foiz;
  • Buyuk Britaniya – 3,8 foiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitida mamlakati Markaziy Osiyo mamlakatlariga 1,5 milliard yuanga teng (taxminan 210 million dollar) miqdorida grant ajratishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy investitsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing