O‘zbekistonlik fura haydovchilarining Rossiyada vizasiz qolish muddati 2 karra uzaytirildi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi hukumati MDH davlatlari fuqarolari bo‘lgan va xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi professional haydovchilar uchun Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddati bir kalendar yili davomida jami 180 kungacha uzaytirildi. Bu haqda joriy yilning 27 aprel kuni qabul qilingan “Rossiya Federatsiyasi hududida ayrim toifadagi xorijiy fuqarolarning vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish to‘g‘risida”gi qarorda belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, xorijiy haydovchilar, shu jumladan, o‘zbekistonliklar ham Rossiya hududida kalendar yili davomida avvalgi 90 kun o‘rniga 180 kungacha qolishlari mumkin bo‘ladi.

Buning uchun haydovchi shaxsni tasdiqlash uchun Rossiyaga kirish va u yerda bo‘lish maqsadida ariza yuborishi, unga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar hamda xalqaro tashuvni amalga oshirayotganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilishi lozim.

Qaror xalqaro logistika bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga tegishli bo‘lib, 2026 yil 30 iyun sanasidan kuchga kiradi.

Agar kirish uchun ariza yuborilmasa, xorijiy fuqaroning Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddati yil davomida 90 kundan oshmaydi.

Rossiyaga kirish uchun haydovchilar oldindan onlayn ariza topshirishlari kerak. Ariza Rossiyaga kirishdan 90 kun oldin, eng kech 72 soat oldin topshiriladi. Shoshilinch holatlarda esa, kirishdan 4 soat oldin ham ariza yuborish mumkin bo‘ladi. Tartibi bilan batafsil tanishib chiqish uchun yo‘riqnoma ham e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari uchun Rossiyada vizasiz bo‘lish muddati 90 kundan 180 kungacha uzaytirilishi haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya xalqaro logistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing