Rossiya xavotirda. Mamlakatdagi 13 ta aeroport vaqtincha yopildi

Olam

image

Bugun, 8 may kuni Rossiyaning Rostov-Don shahrida joylashgan aeronavigatsiya ofisi hududiga dron tushishi ortidan mamlakat janubidagi 13 ta aeroportda parvozlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Janubiy Rossiya aeronavigatsiya kompaniyasi” filialining ma’muriy binosi atrofida dron qulashi xavfsizlik choralari kuchaytirilishga sabab bo‘lgan. Shu munosabat bilan Sochi, Volgograd, Krasnodar, Grozniy, Astraxan, Vladikavkaz, Gelendjik, Maxachqal’a, Magas, Mineralniye Vodi, Nalchik, Stavropol va Elista aeroportlarida uchish va qo‘nish reyslari vaqtincha to‘xtatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab reyslar kechiktirilgan yoki bekor qilingan bo‘lib, minglab yo‘lovchilar aeroportlarda qolib ketgan.

Rosaviatsiya parvoz ekipajlariga vaqtincha cheklovlar haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya 9 may munosabati bilan sulh e’lon qilgan edi. Biroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bu sulhga amal qilmasligini bildirdi. Shuningdek, u Rossiyaga yaqin davlatlarga murojaat qilib, 9 may kuni Moskvaga bormaslikni tavsiya berdi. Mazkur tahdid fonida maxsus xizmatlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni boshladi.

Zarnigor Xudoyberdiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Rostov-Don shahri aeronavigatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing