Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan satirik haykal o‘rnatildi
Olam
−
17:08 3479 1 daqiqa
AQSH poytaxti Vashington shahridagi Kapitoliy binosi ro‘parasiga noma’lum rassomlar tomonidan AQSH Prezidenti Donald Tramp va marhum moliyachi Jeffri Epshteyn tasvirlangan satirik haykal o‘rnatildi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, haykal “Titanik” filmidagi mashhur sahnaga o‘xshash tarzda yasalgan. Oltin rangga bo‘yalgan installyatsiyada Donald Tramp Jeffri Epshteynni orqadan quchoqlab turibdi. U kemaga o‘xshash maydonga joylashtirilgan. Ular film qahramonlari Jek va Rouz rollarida tasvirlangan.
Haykal yoniga qo‘yilgan lavhada ushbu installyatsiya Tramp va Epshteyn o‘rtasidagi munosabatlarga kinoya sifatida yasalgani yozilgan. Shuningdek, haykal bilan Kapitoliy binosi orasiga Tramp va Epshteynning birga tushgan surati aks etgan 10 ta banner ham o‘rnatilgan.
Nashrning yozishicha, Donald Tramp va 2019 yilda qamoqda vafot etgan Jeffri Epshteyn o‘rtasida ilgari do‘stlik bo‘lgan. Tramp Epshteynni ancha yillardan beri tanishini, biroq ular 2000 yillarning o‘rtalarida janjallashib qolganini aytgan. Shuningdek, u Epshteynning jinoiy faoliyatidan bexabar bo‘lganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvaroq Jeffri Epshteyn fayllaridan Donald Trampga aloqadar ko‘rsatmalar o‘chib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi