Vazir yosh bolani qutqargan talabani taqdirladi
Jamiyat
−
19 Oktabr 11872 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida talaba yigit qarovsiz qolgan bolani qutqarib qolgani haqida xabar berilgandi. Ushbu talaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, kecha, 18 oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Muhriddin Ilashovga uning mardligi va fidoyiligini e’tirof etib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirgan.
Vazir yosh qahramonning bu ishi nafaqat o‘zi ta’lim olayotgan institut, balki barcha yoshlar uchun ibrat bo‘lishini ta’kidlab, yoshlarda insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash muhimligini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Baxmal tumanida qutqaruvchilar hojatxonaga tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgandi.
Live
Barchasi