Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti AQSHga yon bosishni boshladi
Olam
−
05 yanvar 9065 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning buyrug‘iga binoan Amerika harbiylari tomonidan Venesuela rahbari Nikolas Maduroning qo‘lga olinishidan so‘ng, uning o‘rnini vaqtincha egallab turgan vitse-prezident Delsi Rodriges mamlakatning tinchlik va hamkorlikka sodiqligini yana bir bor tasdiqladi va AQSH hamda mintaqadagi boshqa davlatlar bilan tenglik va suverenitetni hurmat qilish tamoyillariga asoslangan xalqaro munosabatlarni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilashini aytib o‘tdi. U bu haqda o‘zining Instagram’dagi profilida aytib o‘tdi.
Rodrigesning ta’kidlashicha, Venesuela tashqi tahdidlarsiz, hurmat va xalqaro hamkorlik muhitida yashashni orzu qiladi.
“Biz AQSH hukumatini xalqaro huquq doirasida, umumiy rivojlanishga qaratilgan hamkorlik kun tartibini amalga oshirishga chaqiramiz, bu esa barqaror jamoaviy yashashni mustahkamlashga xizmat qiladi”, deydi prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
Shuningdek, Rodriges postida Trampga murojaat qilib, xalqi urushga emas, aksincha, tinchlik va muloqotga loyiq ekanini, hatto Maduro ham doim shunday fikrda bo‘lganini qayd etgan.
“Men barcha venesuelaliklar birlashishi mumkin bo‘lgan Venesuelani orzu qilaman. Venesuelaning tinchlik, rivojlanish, suverenitet va kelajak huquqi bor”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Venesuelada vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodrigesning harakatlari ham AQSHga ma’qul kelmasa, uning taqdiri Maduroning taqdiriga o‘xshash yoki undan ham og‘irroq bo‘lishini aytib, uni ogohlantirgandi.
Live
Barchasi