AQSH Rossiya kemasi haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan – Rossiya TIV
Olam
−
08 yanvar 12263 2 daqiqa
Rossiya “Mariner” kemasining AQSH tomonidan qo‘lga olinishini xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi deb atadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Bayonotda aytilishicha, xalqaro va Rossiya qonunlariga muvofiq, 2025 yil 24 dekabr kuni Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib yurishga vaqtinchalik ruxsat olgan “Mariner” kemasi Shimoliy Atlantika okeanidagi xalqaro suvlardan bexosdan o‘tib Rossiya portiga ketayotgan bo‘lgan.
Amerika rasmiylari bu vaqtda rasman Rossiya Tashqi ishlar vazirligi orqali kemaning Rossiyaga tegishliligi va uning fuqarolik, tinchlikparvarlik maqomi haqida bir necha bor ishonchli ma’lumotlarni olgan. Biroq shunga qaramay ular tanker “bayroqsiz” yoki “soxta bayroq ostida” suzib yurgan, deb taxmin qilib kemani qo‘lga olgan.
Qayd etilishicha, xalqaro dengiz huquqi ochiq dengizlardagi kemalarga nisbatan bayroq davlatining mutlaq yurisdiksiyasini aniq belgilaydi. Ochiq dengizlarda kemani to‘xtatish va tekshirishga faqat qaroqchilik yoki qul savdosi kabi cheklangan sabablarga ko‘ra yoki tegishli davlat roziligiga ko‘ra ruxsat beriladi.
“Kema egasining qonuniy huquqlari va manfaatlari jiddiy ravishda buzilmoqda. Bir nechta mamlakatlar fuqarolarini o‘z ichiga olgan “Mariner” ekipajining hayoti va sog‘lig‘i xavf ostida”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi AQSH harbiylari neft tankerini xavfli tarzda ta’qib qilish va qurolli ravishda qo‘lga olish paytida Shimoliy Atlantika okeanida atrof-muhitga zarar yetkazish xavfini hisobga olmaganini qo‘shimcha qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Rossiya bayrog‘i ostidagi kemani ushlagani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi