Yaponiyada qishki bo‘ron qurbonlari soni 30 kishiga yetdi (video)
Olam
−
04 fevral 1231 1 daqiqa
Kunchiqar mamlakat Yaponiyada qishki bo‘ronlar oqibatida vafot etganlar soni 30 kishiga yetdi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 yanvaridan beri butun mamlakat bo‘ylab muntazam ravishda qor yog‘ishi 100 dan ortiq odamlarning jiddiy jarohat olishiga sabab bo‘lgan.
O‘zini o‘zi himoya qilish kuchlari qo‘shinlari Aomori shahrida qariyb 2 metr qalinlikdagi qor uyumini tozalashga qiynalayotgan rasmiylarga yordam berish uchun safarbar qilingan. Bu mamlakatdagi so‘nggi 40 yil ichida kuzatilgan eng katta qor yog‘ish hodisasi deb hisoblanmoqda.
Nippon TV telekanalining xabar berishicha, Xokkaydo mintaqasidagi eng yirik shahar Sapporoda yo‘llarini 1000 ga yaqin qor tozalash mashinalari tozalashga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, Xokkaydoning asosiy aeroporti ham vaqtincha yopilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda qor bo‘roni va ob-havo bilan bog‘liq turli hodisalar oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi