Yermak uchun $3,1 mln garov puli to‘liq qoplandi. Saxiy kim? (video)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisining sobiq rahbari Andrey Yermak uchun 140 million grivna (taxminan 3,1 million dollar) miqdoridagi garov puli to‘liq to‘landi. Bu haqda “Politika Strani” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, garov pulini Ukraina terma jamoasining sobiq murabbiyi Sergey Rebrov, huquqshunos Roza Tapanova, “Miralif” kompaniyasi, advokat Igor Fomin hamda Asters kompaniyasining sobiq hamkori Sergey Sviriba to‘lagan.

Avvalroq, Andrey Yermak tergov hibsxonasidagi pullik kamerada saqlanayotgani xabar qilingan edi. Shuningdek, u garov pulini yig‘ish uchun do‘stlaridan yordam so‘ragani aytilgan.

Ukraina Milliy korrupsiya byurosi va Ixtisoslashtirilgan aksilkorrupsiya prokuraturasi 11 may kuni Andrey Yermakni Kiyev yaqinidagi elita turar joy qurilishi orqali qariyb 10 million dollar pul yuvish jinoyatiga aloqadorlikda gumon qilayotganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Yermak 2025 yil oxirida folbinga o‘zining siyosiy raqiblari, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash idoralari rahbarlarining ismlarini yuborgan va “hammasiga tayyor” ekanini aytgani haqida xabar berilgandi.

Yermak 2020 yil fevralidan beri Zelenskiy ofisini boshqargan. 2025 yil 17 noyabrda u tadbirkor va Zelenskiyning do‘sti Timur Mindich ishi bo‘yicha yirik korrupsion sxemalarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. 28 noyabr kuni ertalab korrupsiyaga qarshi kurashish organlari xodimlari Yermakni tintuv qilishdi, kechga borib esa Zelenskiy uni ishdan bo‘shatdi. Iste’foga chiqqanidan bir necha soat o‘tgach, Yermak “New York Post” gazetasiga yozgan maktubida frontga bormoqchi ekanligini aytdi, ammo u buni qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Andrey Ermak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing