Jahon chempionatida qatnashish uchun hammada imkoniyat bor – Kannavaro

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi Fabio Kannavaro Jahon chempionati oldidan Dubayda tashkil qilingan o‘quv mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng yig‘in o‘zi va shtabi uchun juda muhim ekanligini aytib o‘tdi.

“Bu yig‘in men va shtabim uchun juda muhim edi. Oxirgi to‘rt oy davomida ichki chempionatdagi juda ko‘plab o‘yinlarni kuzatdik. Ko‘plab futbolchilarni ko‘rdik va bu yig‘in bevosita ular bilan ishlash imkoniyatini berdi. Men har bir futbolchi bilan alohida gaplashdim, chunki ularning ham fikrini bilishni istayman. Oldimizda Jahon chempionati va Osiyo Kubogi borligini, demak hamma tayyor turishi kerakligini ta’kidladim. Har bir futbolchi o‘zini milliy terma jamoaning bir qismi bo‘lishini his qilishi zarur. Futbolda hamma narsa tez o‘zgaradi, jarohatlar bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Jahon chempionatida qatnashish uchun hammada imkoniyat borligini tushunishlari kerak. Menimcha, mazkur yig‘in futbolchilar uchun juda foydali bo‘ldi”, deydi Kannavaro.

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro jamoasi Dubay yig‘ini doirasida joriy yilning 26 yanvar kuni  Xitoyga qarshi 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, 30 yanvar kuni Armanistonning “Urartu” klubini 4:2 hisobida yengdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichida  Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing