Javohir Sindorov fristayl bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi 

Sport

image

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) va Freestyle Chess Operations GmbH kompaniyasi ilk bor rasmiy fristayl shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Musobaqada o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov ham ishtirok etadi.   

Musobaqa joriy yilning 13-15 fevral kunlari Germaniyaning Vayzenxaus shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnir FIDE homiyligida va Freestyle Chess bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Fristayl bo‘yicha Jahon chempionati avval o‘tkazilgan Fisher shaxmati formatidagi FIDE turnirlarining mantiqiy davomi hisoblanadi va unda 8 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. Shulardan 6 nafar ishtirokchi 2025 yilgi Freestyle Chess Grand Slam Tour natijalariga ko‘ra yo‘llanma olgan:

  • Magnus Karlsen
  • Levon Aronyan
  • Fabiano Karuana
  • Vinsent Keymer
  • Arjun Erigaisi
  • Javohir Sindorov

Yana 2 ta o‘rin alohida tartibda taqsimlanadi:

  • bittasini FIDE tanlaydi,
  •  ikkinchisini Freestyle Chess tashkiloti belgilaydi.

Freestyle Chess allaqachon Hans Nimanni Las-Vegasdagi yorqin chiqishi uchun nomzod sifatida ko‘rsatgan. FIDE esa sakkizinchi ishtirokchini aniqlash uchun Chess.com platformasida onlayn saralash turniri o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati shaxmat Javohir Sindorov FIDE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing