JCH-2026. Turkiya ilk turda Avstraliyadan “tarsaki yedi”
Sport
−
14 iyun 7593 1 daqiqa
Bugun, 14 iyun kuni Kanadaning Vankuver shahridagi “Bi-Si Pleys” stadionida Jahon chempionatining “D” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Avstraliya va Turkiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda avstraliyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab o‘yinning 27-daqiqasida Irankunda qarshi hujumdan gol urib, Avstraliya milliy terma jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida yarim himoyachi Konnor Metkalf jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan avstraliyaliklarning ushbu o‘yindagi ikkinchi golini urdi. Turkiyaliklar butun ikkinchi bo‘lim davomida raqib ustidan to‘liq ustunlik qildi va zarbalar soni bo‘yicha ulardan bir necha barobar o‘zib ketdi, biroq raqib darvozasi ishg‘ol qilinmadi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
“D” to‘rtligining qolgan ikki jamoasi Paragvay va turnir mezbonlaridan biri bo‘lmish AQSH terma jamoalari hisoblanadi. Avvalroq, amerikaliklar guruhning ilk o‘yinida Paragvay jamoasi ustidan yirik hisobda (4:1) g‘alaba qozongan edi. Avstraliya 19 iyun kuni AQSH bilan, 26 iyunda esa Paragvay bilan o‘ynaydi. Turkiyaliklar esa 20 iyunda Paragvay bilan, 26 iyunda esa AQSH bilan to‘qnash keladi.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun