Qatar mezbonlarga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
05:09 3993 1 daqiqa
Bugun, 19 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “B” guruhidan o‘rin olgan Kanada va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Kanadaning Vankuver shahridagi “Bi-Si Pleys” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yirik — 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Kanada terma jamoasi safida Kayl Larin bir marta, Jonatan Devid esa uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Natan-Dilan Saliba ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yana bir gol Qatar yarim himoyachisi Muhammad Al-Mannaiy tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi.
Qatar uchun uchrashuv yanada murakkab kechdi. Jamoa o‘yinning 33-daqiqasida Homam Al-Amin, 53-daqiqasida esa Asim Madibo qizil kartochka olgach, bahsni to‘qqiz nafar futbolchi bilan yakunladi.
Ushbu natijadan so‘ng Kanada terma jamoasi o‘z guruh 4 ochko to‘plagan holda yetakchiga aylandi. Qatar esa ikki turdan keyin ham g‘alabaga erisha olmadi va 1 ochko bilan guruhda so‘ngi pog‘onani egallab turibdi.
Endilikda Kanada terma jamoasi so‘ngi turda Shveysariya bilan bahs olib borsa, Qatar esa Bosniya va Gersegovinaga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi