Jizzaxda ham Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.Z. 8 000 AQSH dollari evaziga fuqaroni go‘yoki Migratsiya agentligida yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari orqali Koreya davlatiga yuborishi uchun ishchi vizasini rasmiylashtirib berishi va Koreya davlatida ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruhning o‘zbekistonliklarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxemani fosh etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing