Jizzaxda alimentdan qarzdor ota mehmonxonadan topildi (video)

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida alimentdan 20 mln so‘mdan ortiq qarzi bor ota mehmonxonada yashiringan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, byuroning Jizzax viloyati qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdor A.D. Jizzax shahridagi mehmonxonalardan birida aniqlangan. U ikki kishilik xonani buyurtma qilib, “sherigi”ni kutayotgan paytda eshikdan xodimlar kirib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, A.D.ning aliment bo‘yicha qarzi 20 million so‘mdan oshib ketgan. U avval ham farzandini ta’minlashdan bo‘yin tovlagani sababli nafaqat ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikka ham tortilgan.

Hozirda qidiruvda bo‘lgan shaxs topilib, keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun MIBning Forish tumani bo‘limi davlat ijrochisiga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib, parda ortiga yashiringan ota qamalgandi. O‘tgan yili Qashqadaryoda aliment to‘lamasdan qochib yurgan erkak uyidagi ko‘rpalar tagidan, Namanganda va Surxondaryoda uy yerto‘lasidan, Xorazmda tovuq fermasidan, Farg‘ona shahrida tungi klubdan, Andijonda xolasining va Buxoroda buvisining uyidan topilgandi. Shuningdek, ilgariroq Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan bir farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota ukasining nikoh to‘yida ushlangandi. Andijon viloyatida esa aliment to‘lashdan qochib yurgan ota o‘z uyining qurilishi tugallanmagan hududida, shifer ortidan topilgan. Samarqand viloyatida esa aliment to‘lashdan qochib yurgan ota shkaf ichidan chiqqan. Navoiy viloyatining Karmana tumanida esa 2 yil davomida aliment to‘lamay 71 mln so‘m qarz bo‘lgan ota tandir ichidan topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing