Jizzaxda yuk mashinasi yonib kul bo‘ldi (video) 

3-sahifa

image

Bugun, 6 iyun kuni Jizzax viloyatida harakatlanib ketayotgan yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 06:39 da M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Xonimqo‘rg‘on” MFY hududidan o‘tuvchi 1027 kilometrida sodir bo‘lgan. Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk avtomobili to‘satdan yonib ketgan. 

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:10 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:48 da o‘chirilgan. 

Bildirilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan-jarohati olmagan va hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanida Gentra yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax yuk mashinasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing