Jizzaxda elektr tarmoq xodimi “marixuana” bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
25 mart 2255 1 daqiqa
Jizzax viloyatida magistral elektr tarmoqlari Jizzax filiali xodimi giyohvand modda bilan ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi, Jizzax viloyati Ichki ishlar va boshqa boshqarmalar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda magistral elektr tarmoqlari Jizzax filiali xodimi, 1968 yilda tug‘ilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olingan. U 2 dona gugurt qutiga joylangan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, uning yashash xonadonida 70 dona gugurt qutida bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelinayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan sudga oid kimyoviy ekspertiza tayinlangan. Fuqaro Jinoyat kodeksining 221- (ushlab turish asoslari) va 224-moddalarini (jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibi) tartibida buzishda gumonlanib qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg narkotik moddani olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi