Jizzaxda IIB xodimidan pul talab qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida ichki ishlar xodimidan pul talab qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat IIB xodimi Zafarobod tumanida yashovchi qarindoshlarinikiga ketgan oila a’zolarini uyga olib kelish uchun Telegram’dagi mahalladoshlar guruhiga taksi kerakligi bo‘yicha xabar yuborgan. So‘ngra ushbu guruhda bo‘lgan "Pistalikent" mahallasida yashaydigan, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi 2007 yilda tug‘ilgan shaxs tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi nazoratida jazo o‘tayotgan 1999 yilda tug‘ilgan mahalladoshi bilan IIO xodimidan tovlamachilik yo‘li bilan pul undirishga kelishgan. Xodim bilan muloqotda bir-birlarini haqorat qilgan.

Suhbat chog‘ida ular IIO xodimini ishdan bo‘shatmaguncha shikoyat qilishlarini aytib, o‘zlarida mavjud ovozli yozuvni viloyat IIB mutasaddilariga bermaslik, yo‘llagan murojaatlari bo‘yicha da’volari yo‘qligini yozib berish evaziga 15 million so‘m miqdorida pul talab qilgan va 12 million so‘mga kelishishgan. Shunga qaramay, tahdid davom etgan va ular yana pul so‘rayvergan.

Viloyat IIBga kiritilgan bildirgi asosida olib borilgan tezkor tadbirda ushbu ikki shaxs talab qilgan pulni olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanshicha, ular joriy yilning 6 va 8 oktyabr kunlari 102 xizmatiga murojaatida IIO xodimi ularni haqorat qilganini aytgan. Ammo soha mas’ul xodimlarining holat yuzasidan tushuntirish berish yuzasidan chaqirig‘iga javob berishmagan.

Mazkur holat yuzasidan 18 va 26 yoshli fuqarolarga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida ichki ishlar xodimiga pora bergan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax IIB IIO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing