Jizzaxda xitoylik investorlar ko‘magida volfram koni ishga tushirilmoqda

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida yirik sanoat loyihalaridan biri bo‘lgan 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida. Xitoylik investorlar ushbu konni qayta ishga tushirishga yaqindan ko‘mak bergan. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Keltirilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik ob’ektlardan biri bo‘lib, hudud iqtisodiyotiga ulkan turtki berishi kutilmoqda.

Kon 1994 yilda kashf etilgan bo‘lsa-da, yirik miqyosdagi qayta tiklash ishlari Xitoy investorlarining ishtirokida faollashtirilgan. Hozirda tayyorgarlik jarayoni yakunlanmoqda. Yil oxirigacha konni tozalash ishlari tugallanishi, kelgusi yilda esa tijorat qazib olish boshlanishi rejalashtirilgan. 

Yerosti qazib olish va rudani qayta ishlash 500 metr chuqurlikdagi shaxtada amalga oshiriladi. Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi ham barpo etiladi.

Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada oshib, Jizzax va qo‘shni viloyatlar aholisi uchun yuzlab barqaror, yaxshi haq to‘lanadigan ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qo‘ytosh koni ishga tushirilishi O‘zbekistonning volfram bo‘yicha dunyodagi yirik ishlab chiqaruvchilar safidan o‘rin olishi uchun muhim qadam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan “Temirchi” oltin koni auksionda 67 mlrd 780 mln 777 ming so‘mga sotilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax investorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing