Farg‘onada 7 mlrd so‘mlik narkotik aniqlandi
3-sahifa
−
07 dekabr 3598 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida 7 milliard so‘mlik giyohvandlik vositalari aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning noyabr oyida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari davomida Farg‘ona viloyat IIB, DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 7 milliard so‘mdan oshiq bo‘lgan 30 kilogrammdan ortiq, ya’ni 60 ming doza giyohvandlik vositalari hamda 17 ming 91 dona kuchli tasir qiluvchi dori vositalar olinib, 20 mingga yaqin fuqarolarning zaharlanishi oldi olindi.
.jpg)
.jpg)
Tadbirlar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan Tojikistondan olib kelib, uni sotish bilan shug‘ullanib kelgan oila a’zolari qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi