Jizzaxda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati ta’lim tizimi mas’ullaridan birining noqonuniy harakati fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.

Ammo, ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tergov jarayonida uni Jinoyat kodeksining 167- (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209- (mansab soxtakorligi) va 243-moddalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan boshqa noqonuniy harakatlari ham fosh qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 12 ming AQSH dollari so‘ragan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing