Qibray hokimining yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi

3-sahifa

image

Qibray tumani hokimining MFYdagi yordamchisi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi MFY binosi yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini hokimlikda ishlovchi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritish orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida davlat yerini 23 ming dollarga sotishga uringan hokim yordamchisi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Qibray hokim yordamchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing