Jizzaxda muhandis 10 mln so‘m pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganini rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan muhandis 10 mln so‘m bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Energosavdo” filiali Jizzax shahar bo‘limi xodimi E.M. “S.M.” oilaviy korxonasining ishlab chiqarish sexida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga korxona rahbaridan 10 mln so‘mni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Shuningdek, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari bilan bog‘liq 3 ta qonunbuzarlik fosh etilgan.

Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.O.” fermer xo‘jaligi rahbari S.B. suv nasoslarini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulab, 219,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.N.” oilaviy korxonasi rahbari T.I. korxona oshxonasida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 165,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etilgan.

Yana bir holatda Buvayda tumanida “X.O.” fermer xo‘jaligi rahbari X.A. “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi baliq havzasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 117,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari  boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora firibgarlik Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing