Hafta boshida qor yog‘ishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
13 dekabr 15656 4 daqiqa
O‘zgidromet 14-17 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 15 va 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi, 15-17 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqqacha pasayadi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 15-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi, 15-17 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq,3 daraja iliqqacha pasayadi.
Buxoro viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 15 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 16-17 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Navoiy viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 va 17 dekabrda yog‘Ingarchilik Kutilmaydi. 16 Dekabrda Kunning Ikkinchi Yarmida Ba’zi Joylarda Yomg‘Ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 15 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 16-17 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; viloyat shimolida 14 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi; 15-17 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqqacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 15 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 16-17 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 15 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 16-17 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-16 dekabrda 10-15 daraja iliq, 17 dekabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 14-15 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq; 16-17 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.