Harbiy xizmatga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryoda departament organlarida ishlaganligini aytib, fuqaroni harbiy xizmatga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro X.I. o‘zini go‘yoki departament organlarida ishlaganligini aytib, DXX Chegara qo‘shinlarida xizmat qiluvchi mansabdor shaxslar bilan yaqin aloqalari mavjudligini bildirgan. U ariza muallifi M.Q.ni shartnoma asosida harbiy xizmatga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSH dollari talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yil 21 mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. ariza muallifidan talab qilingan 1000 AQSH dollari miqdoridagi, ya’ni 12 mln 200 ming so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘rganishlar davomida qo‘lga olingan fuqaro X.I. davlat idoralarida, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi departament organlarida ishlamagani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis 1000 dollar pora olayotganida qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pora Firibgarlik departament Harbiy xizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing