Hindiston neft importida milliy manfaatlarga tayanadi – TIV
Olam
−
09 fevral 3017 1 daqiqa
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat neft sotib olishda milliy manfaatlardan kelib chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda bugun, 9 fevral kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Vikram Misri jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hukumatning ustuvor vazifasi hind iste’molchilarini maqbul narxda, ishonchli va xavfsiz energiya bilan ta’minlashdan iborat.
Vikram Misri Hindiston hozirda neftni o‘nlab mamlakatlardan import qilishini bildirib, mamlakat hech qachon bitta yetkazib beruvchiga qaram bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, neft importi bozor sharoitlariga qarab o‘zgarib turadi.
Shuningdek, Hindiston energiya ta’minotida barqarorlikni saqlash uchun yetkazib beruvchilarni diversifikatsiya qilish siyosatini davom ettiradi.
Bu bayonot AQSH Prezidenti Donald Tramp Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatib, AQSH energiya mahsulotlarini sotib olishga va’da bergani haqidagi da’volari fonida yangradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishga va AQSHdan ko‘proq neft xarid qilishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi. Keyinroq, Kreml Donald Trampning Hindiston bilan savdo bitimi to‘g‘risidagi bayonotlarini diqqat bilan kuzatib borayotganini, biroq hozircha Nyu-Dehli Rossiya neftini sotib olishdan bosh tortgani haqida hech qanday rasmiy izoh bermaganini ma’lum qilgan edi.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi