Hindiston Rossiya neftidan butunlay voz kechdimi?
Olam
−
03 fevral 3932 2 daqiqa
Kreml AQSH Prezidenti Donald Trampning Hindiston bilan savdo bitimi to‘g‘risidagi bayonotlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq, hozircha Nyu-Dehli Rossiya neftini sotib olishdan bosh tortgani haqida hech qanday rasmiy izoh bermagan. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Vedomosti” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Peskovning aytishicha, Moskva AQSH Prezidenti bayonotlariga jiddiy e’tibor qaratmoqda va ularni tahlil qilib bormoqda. Shu bilan birga, Rossiya AQSH va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni hurmat qilishini, ammo Nyu-Dehli bilan o‘zining strategik sherikligiga ham katta ahamiyat berishini ta’kidladi.
“Biz Hindiston bilan strategik sheriklikni rivojlantirishni muhim deb hisoblaymiz. Shu sababdan ikki tomonlama munosabatlarni tinch yo‘l bilan davom ettirish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi”, deydi Kreml vakili.
Qayd etish joiz, kecha, 2 fevral kuni Donald Tramp va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng Nyu-Dehli AQSH va Venesueladan neft xarid qilishga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Trampning aytishicha, buning evaziga AQSH Hindistonga nisbatan boj tariflarini 25 foizdan 18 foizgacha pasaytirishga rozi bo‘lgan.
Shu bilan birga, Narendra Modi Rossiya neftini sotib olishdan voz kechganini rasman tasdiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishga va AQSHdan ko‘proq neft xarid qilishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Jamshidbek Amirov
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral