Rossiyada 9-sinf o‘quvchisi o‘qituvchi va sinfdoshlariga avtomatdan o‘q uzdi (video)
Olam
−
14:22 12186 3 daqiqa
Rossiyaning Ufa shahridagi gimnaziyada 9-sinf o‘quvchi o‘qituvchi va sinfdoshlariga qarata o‘q uzdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 3 fevral kuni soat 11:00 da Ufa shahri IIB navbatchilik bo‘limiga 16-gimnaziyada sodir bo‘lgan hodisa haqida xabar kelib tushgan. Ko‘rsatilgan manzilga zudlik bilan politsiya, Rosgvardiya va boshqa tezkor xizmatlar yetib borgan. Hodisa joyiga Boshqirdiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Aleksandr Voronejskiy ham borgan. 9-sinf o‘quvchilaridan biri darsga plastik pnevmatik avtomat bilan kirib, o‘qituvchi va uch nafar sinfdoshiga bir necha marta o‘q uzgan hamda petarda portlatgan. Voqea joyiga yetib borgan politsiya va Rosgvardiya xodimlari 15 yoshli o‘smirni qo‘lga olgan.
Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirovning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Voqeaning barcha holatlari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tatariston Respublikasida 7-sinf o‘quvchisi litseyga pichoq olib borib, muassasa xodimasini jarohatlagandi.
Qobiljon fojiasi
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni ertalab 15 yoshli to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi maktabga pichoq bilan bostirib kirdi. U avvaliga sinfxonalarga kirib, o‘zi uchun o‘lja qidirgan. Uni payqagan maktab qo‘riqchisiga qarata ko‘zni achishtiruvchi gaz purkagan va uni pichoqlagan. Shundan keyin u shu maktabning 4-sinf o‘quvchisi – tojikistonlik migrant oila bolasi Qobiljon Aliyevni pichoqlab o‘ldirgan.
Tergov qo‘mitasi Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) va Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 105-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq odamni o‘ldirishga urinish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov qo‘mitasi hibsga olingan 15 yoshli o‘smir so‘roq paytida aybini tan olganini, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va tafsilotlarni ham bayon qilganini ma’lum qildi.
Hujumni uyushtirgan 15 yoshli Timofey K. ismli bola qo‘lga olingach, uning telefonidagi galereyada selfilar va halok bo‘lgan maktab o‘quvchisining surati aniqlangan. Shuningdek, o‘smir ekstremistik iqtiboslar va o‘ng radikal tashkilotlar nomlari bilan bezatilgan o‘z kaskasini ham suratga olgan. Xususan, kaskada “Sygaown” so‘zi yozilgan bo‘lib, bu 2022 yilda AQSHda sodir etilgan ommaviy otishmaga ishora hisoblanadi.
17 dekabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Odinsovoning Gorki-2 qishlog‘idagi Uspenskiy o‘rta maktabida to‘rtinchi sinf o‘quvchisining o‘ldirilishini qoraladi. Vazirlik respublika fuqarosi bo‘lgan bolaning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham Tojikistonga va Moskva viloyatining Odinsovo shahridagi maktabda halok bo‘lgan bolaning oilasiga hamdardlik bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi fojianing barcha holatlarini aniqlash va tergov o‘tkazish uchun Moskvadagi Tojikiston elchixonasiga zudlik bilan yordam taklif qildi.
Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu Tojikiston Xavfsizlik Kengashi kotibi Yusuf Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, huquqni muhofaza qilish organlari jinoyat holatlarini xolis tekshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini bildirdi.
18 dekabr kuni ertalab Tojikistondagi uyiga olib kelindi va Shahrinav tumanidagi qabristonga, otasining qabri yoniga dafn etildi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi ushbu qotillik bo‘yicha 15 yoshli Rossiya fuqarosini qo‘lga olib, unga nisbatan “qotillik” va “qotillikka suiqasd” moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Sud qaroriga ko‘ra, gumonlanuvchi ikki oy muddatga dastlabki qamoqqa olindi.
22 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi rahbarlarining norasmiy uchrashuvi chog‘ida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga tojikistonlik maktab o‘quvchisining o‘ldirilishi ortidan hamdardlik bildirdi va aybdorlar albatta jazolanishini va’da qildi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi