Hindistonda bedarak yo‘qolgan erkak 45 yil deganda oilasini topdi
Bu qiziq
−
22 noyabr 4760 1 daqiqa
45 yil oldin bedarak yo‘qolgan Hindiston fuqarosi xotirasi tiklangach, oilasi bilan qayta uchrashdi. Bu haqda “Times of India” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rikhi ismli erkak Himachal-Pradesh shtatining Sirmaur tumani Sataun mintaqasidagi Nadi qishlog‘ida Shimladan 120 kilometr uzoqlikda tug‘ilgan. U 1980 yilda uyidan chiqib ketib, Haryana shtatining Yamunanagar shahrida joylashgan mehmonxonada ish boshlagan. O‘sha yili u jiddiy avtohalokatga uchragan va bosh miya jarohati olib, xotirasini yo‘qotgan.
Rikhining ota-onasi o‘g‘lining vafot etganiga ishonch hosil qilgan va uning qaytishini kutishmagan. Shu orada yigit Mumbayga ko‘chib o‘tadi, Ravi Chaudhary degan yangi ismni oladi, uylanadi va oila qurib, o‘tmishini unutadi.
Faqatgina bir necha oy oldin erkak yana boshidan zarba yeganidan so‘ng bolalik xotiralari qayta tiklana boshlaydi. Xotinining yordami bilan Rikhi o‘zining qayerdan ekanini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan va o‘zi tug‘ilgan qishlog‘ini izlab topgan.
15 noyabr kuni erkak o‘zidan 1600 km uzoqlikdagi Nadi qishlog‘idagi uyiga qaytib, aka-ukalari va opa-singillari bilan uchrashgan.
Live
Barchasi