Termizdagi tomorqasida 117 tup “ko‘knor” o‘stirgan erkak ushlandi (video)
3-sahifa
−
12:50 1126 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi mahallalardan birida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1967 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchining yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda uyining tomorqasida poliz ekinlari orasida jami 117 tup “ko‘knor” o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, parvarishlanib kelinayotgan “ko‘knor” o‘simligining 83 tupi uzilib, quritilgan holda saqlanayotgani aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan tegishli tartibda xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirda o‘z tomorqasida 24 tup “ko‘knor” yetishtirayotgan va qariyb 30 kg “ko‘knori” hosilini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi