Hindistonda politsiya kabutarni hibsga oldi
Olam
−
22 avgust 5957 1 daqiqa
Hindistonning Jammu shahrida politsiya poyezd vokzalini portlatish haqida xat olib kelgan kabutarni hibsga oldi. Bu haqda “The Indian Express” xabar berdi.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, voqea 18 avgust kuni kechqurun Pokiston bilan chegaraga yaqin joylashgan Katmariya hududida sodir bo‘lgan. Kabutarning oyog‘iga bog‘langan xatda urdu va ingliz tillarida “Kashmir Freedom” (Kashmir ozodligi), “Time has come” (vaqt keldi) so‘zlari yozilgan bo‘lib, temiryo‘l vokzalida portlash sodir etilishi haqida ogohlantirilgan.
Manbalarga ko‘ra, bu Hindistonda birinchi marta aynan kabutar orqali yetkazilgan tahdid xati sanaladi. Avvalroq Pokiston hududidan havo sharlar, bayroqlar va turli yozuvlar uchirilgani qayd etilgan.
Politsiya xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Vokzal va temiryo‘l yaqinlarini qo‘shimcha kuchlar, kinologlar va sapyorlar qo‘riqlamoqda. Mutaxassislar bu voqeani oddiy hazil yoki puxta rejalashtirilgan fitna ekanini aniqlashga harakat qilmoqda.
Ekspertlarning fikricha, kabutar maxsus o‘rgatilgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli rasmiylar bunday tahdidlarga jiddiy yondashishga majbur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand politsiyasi mushukni huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilgani uchun hibsga olib, uning panja izlarini olgandi. Holat hazilomuz bo‘lsa-da, politsiya hodisa tafsilotlarini rasmiy tartibda qayd etib, mushukning panja izlarini olgan va uning hibsga olish paytidagi suratini ham tayyorlagan.
Live
Barchasi