Hindistonning eng yirik kompaniyasi Rossiyadan neft xaridini qayta boshladi

Olam

image

Hindistonning eng yirik neftni qayta ishlovchi kompaniyasi – Reliance Industries Ltd.  Gujarat shtatidagi zavodi uchun Rossiya neftini yana sotib ola boshladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Korporatsiya sanksiyalarga tushmagan yetkazib beruvchilar orqali neftni chegirma bilan xarid qilmoqda. Reliance RusExpor kompaniyasidan Aframax turidagi tankerlarni ijaraga olib, kuniga 660 ming barrel quvvatga ega, asosan, ichki bozorga yo‘naltirilgan neftni qayta ishlash zavodiga xomashyo yetkazmoqda. Hindiston rasmiylari bahosiga ko‘ra, bu qadam dekabr oyida Rossiyadan neft importi ikki baravardan ko‘proq qisqarganini qisman qoplashga yordam berishi mumkin.

Shu bilan birga, “Bloomberg” hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya nefti eksporti dekabrda 2023 yil mayidan beri eng yuqori darajaga yetgan. Agentlik buni Rossiya korxonalariga uchuvchisiz apparatlar hujumlari sabab neftni qayta ishlash hajmlarining keskin kamaygani bilan izohlaydi.

Reliance 20 noyabrdan Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatgan edi. Bu qaror Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, undan bir oy avval AQSH “ Rosneft” va LUKOYL’ga nisbatan bloklovchi sanksiyalar joriy etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning asosiy eksport nefti bo‘lgan Urals markali neft narxi barreliga taxminan 34 dollargacha pasaygani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya neft' Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing