Hokim lavozimi uchun 100 ming dollar taklif qilingan – Japarov 

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatda kadrlar siyosatida muammolar saqlanib qolayotganini aytib, deyarli 30 yil davomida tizimi rivojlanmaganini aytdi. Bu haqda u jurnalist Idris Isoqovga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Davlat rahbarining aytishicha, lavozimlarga tayinlash ko‘pincha tanish-bilishchilik, qarindoshlik va pulga bog‘liq bo‘lgan. 

“1990-yillardan 2020 yilgacha kadrlarni tayyorlash tizimi deyarli bo‘lmagan, sovet davridagidek mutaxassis bosqichma-bosqich rahbargacha yetib borish amaliyoti ishlamagan, ba’zi hollarda hatto 100 ming dollar evaziga hokimlik lavozimlarini egallash holatlari ham kuzatilgan”, deydi davlat rahbari.

Japarov bugungi kunda vaziyat o‘zgarganini, hozir rasmiy lavozimlar sotilmasligini, biroq ayrim urinishlar hali ham uchrab turishini ta’kidlagan. U bu muammoni tezda hal qilib bo‘lmasligini, buning uchun yana 15-20 yil kerak bo‘lishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov Jogorku Kenesh majlisida mamlakat hukumatining korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rishini ma’lum qilib, antikorrupsiya siyosati hamma uchun bir xil ekanini, bu kurashda, hatto qarindoshlarini ham ayamasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov lavozim kadrlar siyosati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing