Husanov eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi. “Siti” Liga kubogi yarim finalida g‘alaba qozondi

Sport

image

Kecha, 13 yanvar kuni Angliya Liga kubogi yarim finali doirasida “Nyukasl” va “Manchester Siti” jamoalari  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Manchester Siti”  2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Abduqodir Husanov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Bahsda hisob ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida ochildi. Golga “shaharliklar”ning yangi futbolchisi Antuan Semeno mualliflik qildi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda, aniqrog‘i 90+8-daqiqada Rayan Sherkining goli yakuniy hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

“Sofascore” portali talqiniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvdagi harakatlari uchun 8,1 ball oldi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Shu tariqa, “Manchester Siti” Angliya Liga kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida ishonchli g‘alabaga erishdi. Jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi joriy yilning 4 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” Abduqodir Husanov Angliya Liga kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing