Husanov operator holidan xabar oldi
Sport
−
18 iyun 4505 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng maydon chetida jarohat olgan operatorga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk bahsi davomida himoyachi Abduqodir Husanov to‘p uchun kechgan kurash epizodlaridan birida translyatsiya operatori bilan to‘qnashib ketgan edi.
Uchrashuvdan keyin operatorning holidan xabar olinib, unga Abduqodir Husanov imzosi tushirilgan maxsus futbolka taqdim etildi. O‘zbekistonlik futbolchi operatorga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
O‘FA ta’kidlashicha, mazkur voqea sportda o‘zaro hurmat va insonparvarlik tamoyillarining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk golini esa Abbosbek Fayzullayev kiritgandi.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun